MAXFIYLIK QOIDALARI (UZ)

Ilova: MedElon Yangilangan sana: 24.11.2025 Ushbu Maxfiylik Qoidalari MedElon ilovasida (keyingi o‘rinlarda – “Ilova”, “Biz”) foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari qanday yig‘ilishi, saqlanishi va himoya qilinishini tushuntiradi. Ilovadan foydalanish orqali siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz.

1. Qaysi ma’lumotlarni yig‘amiz

Ilovaning ishlashi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar yig‘iladi:

1.1. Ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari

Telefon raqami 6 xonali parol (xavfsiz shaklda saqlanadi) Ism yoki foydalanuvchi nomi

1.2. Profil ma’lumotlari

Profil rasmi Telefon raqami Telegram yoki boshqa kontaktlar Qo‘shimcha ko‘rsatilgan ma’lumotlar

1.3. E’lon ma’lumotlari

E’lon matni Kategoriyasi Rasmlar Lokatsiya (ixtiyoriy) Yaratilgan sana

1.4. Moliyaviy ma’lumotlar

Ilovada balansni to‘ldirish uchun to‘lov tizimlari integratsiyasidan foydalaniladi. Biz quyidagi ma’lumotlarni yig‘amiz: Tranzaksiyalar va to‘lovlar tarixi (summa, sana, tanlangan to‘lov usuli). Sizning joriy balans va ballaringiz haqidagi ma’lumotlar. Ballar sarflanish tarixi (masalan, har bir e’lon uchun 2 ball). Eshlatma: Bank kartalari ma’lumotlari to‘lov xizmatlari (Click, Payme, Uzum) tomonida qayta ishlanadi, ilova sizning to‘liq karta ma’lumotlaringizni saqlamaydi.

1.5. Texnik ma’lumotlar

Qurilma ma’lumoti Ilova tili Push xabarnoma tokeni

2. Ma’lumotlardan qanday foydalanamiz

Ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: Akkount yaratish va boshqarish E’lon joylash Kontentni moderatsiya qilish Push xabarnomalar yuborish Ilovani yaxshilash Balans va ball tizimini yuritish Foydalanuvchilar bilan aloqa o‘rnatish

3. Ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish

Biz shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi tomonlarga sotmaymiz va bermaymiz. Ma’lumotlarga faqat quyidagilar kirishi mumkin: Ilova administratorlari (moderatsiya va to‘lovlarni tasdiqlash uchun) O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan talab qilinganda

4. Balans va ball tizimi

Balansni to‘ldirish uchun foydalanuvchi "Hamyon" bo‘limiga o‘tishi, "Balansni to‘ldirish" tugmasini bosishi, kerakli summani va mavjud to‘lov tizimlaridan birini (Click, Payme yoki Uzum) tanlashi lozim. To‘lov tanlangan to‘lov tizimi interfeysi orqali amalga oshiriladi. Mablag‘lar to‘lov tizimi tomonidan tranzaksiya muvaffaqiyatli tasdiqlangandan so‘ng avtomatik ravishda balansga o‘tkaziladi. Ballar balansdagi mablag‘lar evaziga sotib olinadi. Har bir e’lon joylash uchun 2 ball avtomatik ravishda yechib olinadi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng har bir yangi foydalanuvchi 10 ta bepul ball oladi.

5. Moderatsiya va bloklash

Administratorlar quyidagilarni amalga oshirish huquqiga ega: E’londan voz kechish Qonunga xilof materiallarni o‘chirish Qoidalarni buzgan foydalanuvchini bloklash yoki akkountni o‘chirish

6. Ma’lumotlarni saqlash

Ma’lumotlar xizmat ishlashi uchun zarur bo‘lgan muddat davomida saqlanadi. Akkount o‘chirilgandan so‘ng: Barcha e’lonlar o‘chiriladi Profil ma’lumotlari o‘chiriladi Moliyaviy tarix anonim holatda saqlanishi mumkin

7. Akkountni o‘chirish

Foydalanuvchi o‘z akkountini mustaqil ravishda o‘chirishi mumkin: Sozlamalar → Akkountni o‘chirish → Foydalanuvchi nomini kiritish O‘chirilgandan so‘ng akkountni qayta tiklashning imkoni yo‘q.

8. Xavfsizlik

Biz quyidagi himoyalarni qo‘llaymiz: Ma’lumotlarni shifrlash Himoyalangan serverlar Parollarni xavfsiz saqlash Cheklangan administratorlar kirishi